"Futures Cup": to‘qqiz nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi
Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning yarim final bahslari yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimizdan Rushanabonu Isoyeva, Samira Turg‘unova, Nazokat Mardonova, Asaloy Baxtiyorova, Sevara Mamatova, Asadbek Sultonboyev, Sardorbek Bahromxo‘jayev, Islom Salixov va Suhrob Rahmatullayev kabi bokschilar final bosqichiga yo‘l oldi.
Afsuski, Abdug‘ani Yorqinjonov va Nilufarxon Abduhoshimova 1/2 finalda taslim bo‘ldi va turnirni bronza medali bilan yakunladi.
Bugun, 15-mart kuni "Futures Cup" musobaqasining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda 9 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA