Futbolda inqilobiy o‘zgarishlar: 1-iyundan boshlab yangi qoidalar kuchga kirdi
IFAB va FIFA vaqtni cho‘zish va sun’iy ayyorliklarga chek qo‘yadigan yangi qoidalar to‘plamini e’lon qildi.
Zaxiraga olinish uchun 10 soniya: O‘zgarayotgan futbolchi maydonni istalgan eng yaqin chiziq (yon yoki yuz chizig‘i) orqali roppa-rosa 10 soniya ichida tark etishi shart. Agar ulgurmasa, hakam unga sariq kartochka ko‘rsatadi. Eng muhimi, zaxiradan yangi o‘yinchi darhol maydonga tusha olmaydi, jamoa keyingi to‘xtalishgacha (kamida 1 daqiqa) 10 kishi bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ladi.
Bundan tashqari, sizni hayron qoldiradigan yana ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi "You Tube" sahifasidagi videoda bularning barchasiga to‘xtalganmiz. Albatta tomosha qiling.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bihqbArsgdE" title="Katta islohotlar! Futbolda yangi qoidalar joriy qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, O‘zA