Ektor Kuperning oktabr oyidagi yigʻinga chaqirgan futbolchilar roʻyxati
Mashhur “Bunyodkor” jamoasidan birgina Aziz Haydarov taklif oldi.
Mashhur “Bunyodkor” jamoasidan birgina Aziz Haydarov taklif oldi.
Bir necha daqiqa oldin futbol boʻyicha mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper tomonidan navbatdagi yigʻinga taklif etiladigan nomzodlar haqida soʻz yuritgan edik. Mana, oʻsha nomzodlar eʼlon qilindi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 13-oktabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va 16-oktabr kuni Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur oʻyinlarga chaqiruv olgan futbolchilar roʻyxati:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”)
Himoyachilar:
Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod Aʼzamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qoʻqon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
Hujumchilar:
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”)
Mazkur yigʻinga Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham chaqirilgandi. Ammo jarohati sababli Denisov yigʻinda ishtirok eta olmaydigan boʻldi.