Frazeologik birliklar tuzilmasida pejoratsiya va stereotiplar o‘rtasidagi korrelyatsiya
Matluba Kulfiddinovna ZARIPOVA dotsent Termiz davlat universiteti Termiz, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada frazeologik birliklar tuzilmasida semantik pejoratsiya va ijtimoiy stereotiplar o‘rtasidagi korrelyatsiya ko‘rib chiqilgan. Frazeologik birliklar – idiomalar, barqaror iboralar, maqollar va kollokatsiyalar nafaqat lingvistik konstruksiyalar, balki madaniy xotira va ijtimoiy baholashning muhim saqlovchilari sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda pejoratsiyani semantik yomonlashuvning diaxron jarayoni hamda salbiy konnotatsiyaning sinxron ifodasi sifatida tahlil qilingan, shuningdek uning stereotiplarning shakllanishi va mustahkamlanishi bilan o‘zaro ta’siri ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: pejoratsiya, frazeologik birliklar, stereotiplar, semantik o‘zgarish, idiomalar, baholovchi til, kognitiv lingvistika.