Fransiyada mamlakatimizdan yetishib chiqqan allomalar ilmiy merosiga qiziqish yuqori
Buni 2004 yilda Fransiyada tashkil qilingan “Avitsenna – Fransiya“ assotsiatsiyasi faoliyati misolida ham koʻrish mumkin.
Buni 2004 yilda Fransiyada tashkil qilingan “Avitsenna – Fransiya“ assotsiatsiyasi faoliyati misolida ham koʻrish mumkin. Tuzilma yurtimizdan yetishib chiqqan ulugʻ alloma Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini oʻrganish, tibbiyotda davolashning zamonaviy va anʼanaviy usullariga bagʻishlangan izlanishlarni qoʻllab-quvvatlash faoliyati bilan shugʻullanadi.
Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasida tibbiyot sohasida ham samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, 2014 yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan Fransiya Respublikasi Ijtimoiy masalalar, sogʻliqni saqlash va xotin-qizlar huquqlari vazirligi oʻrtasida sogʻliqni saqlash va tibbiy fanlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan.
2017 yilda bolalar kardiojarrohligi sohasidagi aloqalar doirasida Fransiyaning “Umid zanjiri“ assotsiatsiyasi va “Sen yolgʻiz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi hamkorligida fransiyalik shifokorlar ishtirokidagi 5 ta ijtimoiy aksiya amalga oshirildi.