Fransiyada koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlandi
Fransiyada koronavirusning beshinchi to‘lqini “yashin tezligida” tarqalmoqda.
Hukumatning rasmiy vakili Gabriel Attal shu xususda bayonot berdi, deyiladi “Le Figaro” xabarida.
Hozirda virus tarqalish bo‘yicha tegishli haftalik ko‘rsatkich 80 foizni tashkil qilmoqda.
Bu holatda hukumat emlanganlik va sog‘ayganlik bo‘yicha sertifikatlardan foydalanish nazoratini kuchaytiradi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi byurosi direktori Xans Klyuge Yevropada virusdan yarim million kishi halok bo‘lishini taxmin qilgandi.
Uningcha, cheklovlar kuchaytirilmasa, qishda shuncha odam virus qurboni bo‘ladi.