Fransiyada anomal qurg‘oqchilik: kichik daryolarning 43 foizi qurib qolmoqda
“Ladepeche” nashri xabar berishicha, Fransiyaning 96 departamentidan 67 tasida jiddiy qurg‘oqchilik inqirozi yuzaga keldi.
Ayniqsa mamlakat g‘arbidagi Vandeya, Sharanta va Sharanta-Maritima hamda sharqda joylashgan Kot-d’Or hududlarida vaziyat o‘ta og‘irligi aytilmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, kichik daryo va soylarning 43 foizi allaqachon to‘liq bo‘shab qolgan yoki qurish yoqasiga kelib qolgan. Bu ilgari misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich.
Ta’kidlanishicha, bu ahvol iyul oyidagi g‘ayri oddiy issiq havo va yog‘ingarchilik 70 foiz kamayib ketishi oqibatida yuzaga kelgan. Sinoptiklar ayrim joylarda momaqaldiroq kutilayotganiga qaramay, umumiy quruq va issiq ob-havo davom etishini taxmin qilmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA