Fransiyada 145 kishiga ruxsatsiz “ukol qilishdi”
Fransiya bo‘ylab yakshanba kuni o‘tkazilgan Milliy ko‘cha musiqasi festivalida 145 kishiga tibbiyot ninasi (shprits) bilan hujum qilingan. Hodisa ortidan politsiya 12 kishini hibsga olgan. Bu haqda CNN yozdi.
Ichki ishlar vazirligi mazkur jonoiy ish butun mamlakat bo‘ylab sodir etilganini qayd etdi. Ayni payt "nina sanchish" holatlari giyohvand moddalar bilan bog‘liqligi ehtimoli taftish qilinmoqda.
Shuningdek, politsiya shanba kuni kechqurun mamlakatning turli hududlarida boshqa turli voqelar sabab 371 kishini ushlagan. Ulardan 90 ga yaqini Parijda qo‘lga olingan.
Musulmon Ziyo, O‘zA