Fransiya terma jamoasi hujumchisi Ugo Ekitike jarohat sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin
Ekitike bugun tekshiruvdan o‘tadi va shundan so‘ng yakuniy xulosaga kelinadi.
Fransiya milliy terma jamoasi hamda "Liverpul" klubi forvardi Ugo Ekitike bir necha haftaga safdan chiqdi.
Angliyaning "Liverpul" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan Ugo Ekitike kecha tunda Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichidan o‘rin olgan PSJga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Kichik tekshiruvlarga ko‘ra, fransuz uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, agar tiklanish jarayonlari kechikadigan bo‘lsa, jahon chempionatini o‘tkazib yuborish xavfi ham mavjud. Ekitike bugun tekshiruvdan o‘tadi va shundan so‘ng yakuniy xulosaga kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra PSJga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.