Fransiya madaniyat vaziri sudlanadi
Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati Yevropa parlamentidagi faoliyati davomida korrupsiya va mansab vakolatini suiste’mol qilganlikda ayblanib, sudga tortiladi, degan suddagi manba AFP agentligiga.
Kelgusi yil Parij meri bo‘lishni maqsad qilgan yuqori martabali vazir Dati 2019 yil Yevropa Ittifoqi institutida ishlagan vaqti “Renault-Nissan” avtomobillar guruhiga yon bosishda ayblangan.
59 yoshli Dati ayblovni inkor etdi va AFP so‘roviga javob bermadi.
– Bu qarorga javoban shikoyat qilamiz, – dedi Rashidaning advokatlari Olive Baratelli va Olive Pardo.
Shimoliy afrikalik mehnat muhojirlarining qizi Dati qaror qabul qilinishidan oldin keskin izoh bergandi.
– Men sizlarni g‘alaba sari yetaklayman, – dedi Fransiya poytaxtining aksariyat vazirliklari, mamlakat parlamenti va ko‘plab xorijiy elchixonalar joylashgan 7-okrugi meri Dati. – Ba’zilar shaxsiy hayotim, nomzodligim bilan bog‘liq ko‘plab jihatlar tufayli menga hujum qilishga urinmoqda. Men hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmayman.
– 2007-2009 yillar davomida o‘ng qanot yetakchisi Nikolya Sarkozi davrida adliya vaziri bo‘lib ishlagan Dati hukumatda qoladi, – dedi Prezident Emmanuel Makronning ittifoqchilari.
Dati 2010-2012 yillari Niderlandiyada joylashgan “Renault-Nissan” sho‘’ba korxonasidan advokatlik to‘lovi sifatida 900 000 yevro (1 million dollar) olishda ayblanmoqda. U 2009-2019 yillardaa Yevroparlament deputati edi.
Seshanba kuni imzolangan, nusxasi AFP tomonidan o‘rganilgan qarorda tergov sudyalari Datining parlamentdagi faoliyati “xayrixohlik” ekani, bu “uning vakolatiga ham, advokatlik kasbiga ham mos kelmaydigan holatligi keltirilgan.
Sud manbasi aytishicha, fransuz tergov sudyalari “Renault-Nissan” kompaniyasining sobiq raisi va bosh direktori Karlos Gonni ham sudga berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Yaponiyada hibsdan qochib, bir necha yildan beri Livanda yashab kelayotgan 71 yoshli qariya ham ayblovni rad etdi.
29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan majlisda sud sanasi belgilanadi.
M.Pirmatova, O‘zA