FOTOREPORTAJ: Toshkentda bahodirlar bellashmoqda
Poytaxtimizdagi «Universal sport saroyi»da bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha Osiyo chempionati hamda jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi bosh murabbiyi, oliy toifali murabbiy Lochin Husanovning ta’kidlashicha, musobaqada 300 nafardan oshiq sportchi ishtirok etyapti. Mamlakatimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘laganlar orasida o‘tgan yili Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Javohir Qurbonov ham bor.
[gallery-2209]
Mohir sportchilarimizdan Asadbek O‘zganboyev mahoratini namoyon etadi. Qizlardan Yodgoroy Najimova, Nigoraxon O‘zganboyeva, Gulinur Qodirqulovalar ishtirok etmoqda. Faxriy sportchilarimizdan Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan, 15 karra Jahon chempioni Muhtaramxon Aliyeva ham qatnashadi.
Yoshlar, kattalar, havaskorlar, faxriylar, professionallar o‘rtasida o‘tayotgan tosh ko‘tarish bellashuvlari 30 aprelga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA