FOTOREPORTAJ: Namanganda bayram shukuhi
Namangan viloyatida ham yangi 2022 yilni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olish uchun katta hozirlik ko‘rildi. Ko‘cha va xiyobonlar, madaniyat va istirohat bog‘lari bayram libosiga burkangan.
Bayramining bosh archasi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bezatilgan. Turli tuman o‘yinchoq, rang-barang chiroqlar archaga o‘zgacha zeb berib turibdi. Maydonga turli dekoratsiyalar o‘rnatilgan. Ko‘ngilochar attraksionlar bolajonlarga muntazir.
Davlatobod tumanidagi Afsonalar tematik parkida ham Yangi yil tantanalari namanganliklar hamda mehmonlarni o‘ziga chorlamoqda.
[gallery-5318]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA