FOTOREPORTAJ: Bolalarga quvonch ulashildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh bolalar uyida 1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Qiziqarli tomoshalar tashkil etildi.
[gallery-2634]
Tadbir doirasida shuningdek, bolalar uyida tarbiyalanayotgan 5 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi. «To‘y bolalar»ga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M. Kamolov ishtirok etdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA