Fotonigoh: Dunyo davlatlari Yangi yil bayramini qanday qarshi oldi?
Sayyoramiz bo‘ylab soat millari aylanishda davom etar ekan, dunyo 2025 yil bilan xayrlashib, 2026 yilni yangi umid va orzular bilan qarshi oldi. Albatta, bunday daqiqalarda jahonning har bir burchagida turli an’analar, rang-barang jilolar va quvonchli lahzalar namoyon bo‘ldi.
O‘zA bu yil ham an’anaga muvofiq, “Dunyo suratlarda” rukni orqali o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.
Avstraliya. Yangi yil bayrami kuni Sidney bandargohi ko‘prigi ustida mushakbozlik avjida.
AQSH. Nyu-York shahridagi Tayms-skverda Yangi yil bayrami o‘zgacha tarzda nishonlanmoqda.
Buyuk Britaniya. Londonliklar shahar markazidagi “Big Ben” soati va “Eye Ferris” charxpalagi uzra otilayotgan mushaklarni tomosha qilmoqda.
Singapur. Mehmonlar “Marina Bay Sands” mehmonxonasi hovlisidan Yangi yil bayrami mushakbozligini tomosha qilayotgan payt.
Janubiy Koreya. Seul shahri aholisi Yangi 2026 yilni xursandchilik bilan qarshi olmoqda.
Qatar. Lusail shahrida bo‘lib o‘tayotgan bayramni tomosha qilayotgan bolakay.
Keniya. Nayrobi shahrida bayram kunlari yirik tirbandliklar yuzaga keldi.
Indoneziya. Poytaxt Jakartada bayram kayfiyati.
Fransiya. Parij shahridagi “Champs Elysees” xiyobonida Yangi yil bayrami nishonlanmoqda.
Malta. Valletta shahrida ham bayram kuni mushaklar otildi.
Germaniya. Berlin shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan Brandenburg darvozasi uzra mushaklar otildi.
Filippin. Manilaliklar “Quezon City” parkida bayram mushakbozligini tomosha qilmoqda.
Ukraina. Kiyev shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan archa yonida turgan juftlik.
BAA. Dubay shahridagi “Burj Xalifa” minorasi uzra mushakbozlik.
Serbiya. Belgrad shahrida Yangi yil bayrami nishonlanmoqda.
Braziliya. Bayram kuni Rio-de-Janeyro shahrining yuqoridan ko‘rinishi.
Gretsiya. Yangi yil bayrami kuni Afina shahrining yuqoridan ko‘rinishi.
XXR. Buyuk Xitoy devorining Juyongguan qismida yoshlar bayram kuni suratga tushmoqda.
Tailand. Bayram kuni Bangkok osmoni ham yorug‘likka burkandi.
Misr. Qohira shahri chekkasida joylashgan tarixiy ehromlar ustida bayram mushaklari otilayotgan payt.
Qirg‘iziston. Bishkekdagi “Yevroosiyo” madaniyat va istirohat bog‘i odamlar bilan gavjum.
O‘tkir Mirzo tayyorladi.
O‘zA