Ford Rossiya bozorini tark etdi
Amerikaning Ford Motor kompaniyasi Rossiya bozoridan ketdi, deyiladi kompaniya tarqatgan matbuot xabarnomasida.
"Ford Motor Company Rossiya bozorida amaliyotlarini nihoyasiga yetkazdi. Kompaniya Sollers Ford bilan birgalikdagi 49 foizlik ulushini sotdi", – deyiladi xabarda.
Agar dunyoda vaziyat o‘zgarsa, Ford o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish imkoniyatini besh yilgacha saqlab qoladi.
O‘z navbatida, "Sollers" guruhi ham Ford bilan bog‘liq ushbu xabarni tasdiqlagan.
Ford konserniga 1903 yilda Genri Ford tomonidan asos solingan. U beshta investordan 28 ming dollar olib kompaniyani rivojlantirishni boshlagan. Kompaniya dunyoda birinchi bo‘lib klassik avtomobil yig‘ish konveyerini joriy qilgan.