Florida shtatida besh nafar bola halok boʻldi
AQSHning Florida shtatidagi Greynsvill va Alachua shaharlari orasidagi yoʻlda yirik yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.
AQSHning Florida shtatidagi Greynsvill va Alachua shaharlari orasidagi yoʻlda yirik yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.
Dizel yoqilgʻisi yuklangan ikki avtomobilning ikkita yengil avtomobil bilan toʻqnashuvi natijasida deyarli 200 litr yoqilgʻi toʻkilib ketib, yongʻin chiqqan. Hodisada yetti kishi, jumladan, Disney Worldga ketayotgan besh nafar bola halok boʻlgan, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Bolalar oʻqigan taʼlim muassasasi kengashi oʻz qaygʻu va hamdardligini Facebook orqali maʼlum qilgan.