Firibgarlik holati fosh qilindi
DXX Toshkent viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan joriy yilning 3-iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik holati fosh etildi.
Tadbir jarayonida Andijon viloyatida yashovchi Sh.M. o‘zining yaqin aloqalari va ta’sir doirasi mavjudligini aytib, fuqaroga menejerlik sertifikatini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U mazkur xizmat evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, pul mablag‘ini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
A.Musayev, O‘zA