Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang! (+video)
Surxondaryo viloyatida «Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Viloyatning shahar va tumanlarida, mahalla va qishloqlarida, ijtimoiy soha ob’ektlari, davlat tashkilotlari, korxona va idoralarda hamda jamoat joylarida tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarga kiberjinoyatlar turlari haqida ma’lumot berilib, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik choralari haqida tushuntirishlar berib borilmoqda.
Vohada “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” - “Cyber month Surkhandarya” targ‘ibot tadbirlari 31 iyulga qadar davom etadi.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/Bq17tDge6vU" title="Firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmang!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (video), O‘zA fotomuxbiri