Firibgar endi qonun oldida javob beradi
Buxoro shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.O. Buxoro shahar “Navro‘z” ko‘chasida yashovchi fuqaroga o‘zini “Mansurov Alisher Axmadaliyevich” deb tanishtirib uni ishonchiga kiradi. Natijada, unda Buxoro shahri hududidan qurilish uchun yer maydoni borligini va uni sotishini shuningdek, autsion orqali olib berishini aytib ishontiradi.
2021 yil iyul oyidan 2022 yil aprel oyiga qadar 55 ming .500.AQSH dollari va 282 million 313 ming.180 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, turmush o‘rtog‘ining nomida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinani bank tomonidan “garov” ga olinganligini bilgan holda 2023 yil 13 mart kuni bir fuqaroning ishonchiga kirib unga ushbu avtomashina ta’qiqda emasligini aytib ishontiradi. avtomashinani 7.300 AQSH dollariga sotishga kelishib, 7.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan shaxs endi qonun oldida javob beradi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA