Firdavsbek va Shohsanamxon finalga yo‘l oldi
Paralimpiya o‘yinlarining para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov 1:06.42 daqiqa vaqt bilan 2-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha saralash bahslarida 2 nafar hamyurtimiz – Shohsanamxon Toshpo‘latova hamda Nigoraxon Mirzohidova ishtirok etdi.
Unda Sh.Toshpo‘latova 1:21.60 daqiqa vaqt bilan 4-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Afsuski, 1:28.12 daqiqa vaqt sarflagan N.Mirzohidova marraga 7-o‘rinda yetib keldi va saralashdan o‘ta olmadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan so‘ng boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA