Finlyandiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi
Finlyandiyaning “Vita” laboratoriyasida koronavirusning “Fin-796H” deb nomlangan yangi turi aniqlandi.
Tashkilot matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga qaraganda, "Laboratoriya va Xelsinki biotexnologiya instituti mutaxassislari mamlakat janubida koronavirusning shu paytgacha noma’lum bo‘lgan turini aniqlashdi”.
“Mutatsiyaning bu turi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan barcha testlardan foydalanib ham aniqlanishi mushkul. Virusning bu turi o‘zida britancha va Janubiy Afrikada topilgan turlarning ayrim jihatlari ham namoyon qilgan”, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.