Finlyandiya AQSHdan harbiy samolyotlar sotib oladi
Hukumat tomonidan vakolatli mahkama sifatida ko‘rilgan Finlyandiya mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlarning “Lockheed Martin” harbiy sanoat korporatsiyasi bilan “F-35” qiruvchilarini xarid qilish bo‘yicha shartnomani imzoladi.
Bu xususdagi qaror vazirlar mahkamasi tomonidan 10 dekabrda qabul qilingandi.
Mudofaa vaziri Antti Kaykkonen sanoat bo‘yicha hamkorlik shartnomasini 11 fevralda imzoladi. Kelishuv samolyot va dvigatel ishlab chiqaruvchi yeorporatsiya bilan birgalikda imzolandi, deyiladi ma’lumotda.
Ko‘p maqsadli qiruvchilarning xaridi AQSH hukumatining harbiy vositalarni xorijga sotish bo‘yicha amaliyoti doirasida bo‘ladi.