FIFA prezidenti viza olish qiyin bo‘lgan davlatlar muxlislarini xotirjam qildi
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSHga kirish bo‘yicha taqiqlar jahon chempionatiga tashrif buyuruvchilarga ta’sir qiladimi, degan savolga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi.
«Biz barcha jamoalar, o‘yinchilar va rasmiy shaxslarning yetib kelishiga yordam beramiz... Albatta, bunga oila a’zolari va hatto muxlislar ham kiradi.
Chipta sotib olgan insonlar bu mamlakatlarga qanday kirishlari mumkinligi borasida AQSH, Kanada va Meksika hukumatlari bilan doimiy ravishda muzokaralar olib bormoqdamiz.
Albatta, viza har doim talab qilinadi. Ammo vizalarni tezroq olish imkonini beradigan yo‘llar mavjud va bu odatda yaxshi ishlaydi. Hatto viza olish qiyin bo‘lgan mamlakatlar masalasida ham, biz muxlislarning u yerdan kela olishlariga ishonch hosil qilishimiz kerak», — deb ta’kidladi Infantino.