Fidoyilik va tashabbuskorlikka undovchi chorlov
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, federatsiya huzuridagi tashkilot va muassasalar rahbarlari onlayn formatda ishtirok etdi.
[gallery-886]
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lidagi ustuvor vazifalar xalqimizning ertangi kunga, keng qamrovli islohotlar samarasiga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirishi hamda Vatan taqdiriga o‘zini daxldor sanagan har bir yurtdoshimizni ruhlantirib, yanada faollikka, fidoyilik va tashabbuskorlikka undovchi o‘ziga xos chorlov bo‘lgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar xususida tadbir ishtirokchilariga keng tushuncha berildi.
Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA