Feruza va Svetlana shohsupa to‘rida
Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida taekvondo va sport kurashlari bahsi qizg‘in o‘tmoqda.
Kechagi taekvondo bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda hamyurtimiz Feruza Sodiqova va Svetlana Osipova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Jasurbek Jaysunov o‘z vaznida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, erkin va ayollar kurashi yo‘nalishida Jasurbek Ortiqboyev va Shohida Ahmedova kumush medali bilan taqdirlandi.
O‘zA