Feruza Sodiqova Osiyo chempionati sovrindori
Vetnamda taekvondo WT bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Feruza Sodiqova barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu Feruza Sodiqova uchun Osiyo chempionatlari doirasidagi uchinchi medal bo‘ldi. U bungacha kattalar o‘rtasida oltin, yoshlar orasida bronza medaliga ega chiqqan edi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi 74 kg. vazn toifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimxo‘jayev Osiyo chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.
Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiyamiz hisobida 1 kumush va 3 bronza medali mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA