“Fergana Cup” da yosh tennischilarimiz finalga chiqdi
Farg‘onada tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi J100 tasnifiga kiruvchi “Fergana Cup” xalqaro turnirida yakkalik va juftlik bellashuvlari davom etmoqda.
Yakkalik bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yosh tennischimiz Akmal Abdullayev musobaqaning chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalda neytral tennischi Milan Taupenets bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Juftlik bellashuvlarining yarim finalida Akmal Abdullayev va Danila Kvasov tandemi Ahmadjon Toshmuhammedov hamda Abdulaziz Usmonjonov duetiga qarshi kortga chiqdi. O‘zbek tennischilari o‘rtasidagi ushbu bellashuvda Akmal va Danila juftligi g‘olib bo‘ldi. Endi ular turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida polshalik Viktor Jez va xitoylik Kaiga Kang juftligiga qarshi bosh sovrin uchun raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA