Farmatsevtika tarmog‘ida manfaatli hamkorlik kengaymoqda
Bugungi kunda yurtimizda farmatsevtika sohasiga berilayotgan imkoniyatlar hamkorlikda faoliyat yuritishni istovchi xorijiy kompaniyalarni ham jalb etmoqda.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoyning "Wuhan Mingcheng Wangda Pharmaceutical Co., Ltd", "Yuying (ShangDong) international trading Co., Ltd" hamda "China Health Group"kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi.
Tadbirda mehmonlar mamlakatimizda farmatsevtika sohasidagi imkoniyatlar, istiqboldagi rejalar, erishilayotgan yutuq va xalqaro hamkorlik natijalari bilan tanishtirildi.
"Wuhan Mingcheng Wangda Pharmaceutical Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bozorni o‘rganib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi bosqichlarda hamkorlik istagini ma’lum qildi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro samarali natijalarga erishishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Abdulaziz RUSTAMOV,
O‘zA