Farhod Mahmudov: bu haqiqiy yangi O‘zbekiston!
Taniqli aktyor Farhod Mahmudov garchi hozir Rossiyada ijod qilayotgan bo‘lsa-da, u o‘zbek rejissyorlarining bir qancha filmlarida asosiy rollarni mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar mehrini qozongan ijodkordir.
– Toshkent xalqaro kinofestivali sababli ko‘plab kino ijodkorlar yana shu tabarruk zaminda diydor ko‘rishmoqda. O‘zaro fikr almashishmoqda.
Men tez-tez O‘zbekistonga, Toshkentga kelib turaman. Har gal jonajon bu diyorning yangilanib, o‘zgarib borayotgani, misli ko‘rilmagan yangilanishlar sodir bo‘layotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘ramanu, yuragim quvonchlarga bo‘lib ketadi. Bu azim va qo‘hna diyordagi o‘zgarishlar endi san’at sohasiga ham kirib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan necha yillar o‘tib qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali bunga yorqin misoldir. Barchasi mutlaqo yangicha tarzda ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda. Bu haqiqiy yangi O‘zbekiston! Masalan, bir yil avval ko‘rgan tumanlarim endi butkul boshqacha qiyofada,ularni tanib ham bo‘lmaydi.
Nazokat Usmonova, O‘zA