Farg‘onalik bokschi qizlar umumjamoada yetakchilikka erishdi
Toshkentdagi “Zo‘r TV” telekanalining “Renessans Hall” majmuasida boks bo‘yicha davom etayotgan O‘zbekiston chempionatining ayollar o‘rtasidagi final bahslarida bir qator tajribali bokschi qizlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, o‘nlab yoshlar ilk bor mamlakat chempionatining sovrindori, degan yuksak nomga sazovor bo‘lishdi.
Mamlakat chempionati g‘olib va sovrindorlarni aniqlabgina qolmay, joylarda mahoratli yoshlarni tayyorlayotgan murabbiylarning salohiyatini, hududlarda ushbu sport turiga berilayotgan e’tiborni ham aks ettiradiki, boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan chempionat ham ayni masalalarga qaysidir ma’noda oydinlik kiritmoqda.
O‘zbekiston chempionatida Farg‘ona viloyati bokschi qizlar terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoada 1-o‘rinni egalladi. Sovrinli o‘rinlarning soni jihatdan esa 1 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan Jizzax viloyati bokschi qizlar jamoasi yetakchilikka erishdi.
Musobaqalarda shuningdek, Buxoro jamoasi 2 ta oltin, 4 ta bronza, Samarqand viloyati jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza, Xorazm 2 ta oltin, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, o‘zbek boksining shonli zarvarag‘iga o‘z sportchilari nomini muhrlashdi.
Chempionatda kutilganidek Sitora Turdibekova, Nigina O‘ktamova, Sabina Boboqulova, Navbahor Hamidova, Feruza Kazakova kabi terma jamoaning yetakchilari 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
-48 kg:
1. Farzona Fozilova
2. Robiyaxon Baxtiyorova
3. Jasmin Tohirova
3. Sarvinoz Qo‘shboqova
-50 kg:
1. Sabina Boboqulova
2. Gulsevar G‘aniyeva
3. Sevinch Muratova
3. Gulsevar Yo‘ldosheva
-52 kg:
1. Feruza Kazakova
2. Zilolaxon Yusupova
3. Munavvar Fozilova
3. Sabina Razzoqova
-54 kg:
1. Aziza Yoqubova
2. Muxlisa Xushvaqtova
3. Saidaxon Rahmonova
3. Uzukjamol Yunusova
-57 kg:
1. Nigina O‘ktamova
2. Hamrobonu Ma’murjonova
3. Feruza Sharipova
3. Dilafro‘z Ondayeva
-60 kg:
1. Sitora Turdibekova
2. Rashida Tagirova
3. Farangiz Olimjonova
3. Mahliyo Habibullayeva
-63 kg:
1. Dilfuza Bekova
2. Odinaxon Ismoilova
3. Mohira Ahmedova
3. Rayhona Qodirova
-66 kg:
1. Navbahor Hamidova
2. Aysanem Saruarova
3. Muxlisa Tohirova
3. Marjona Ziyayeva
-70 kg:
1. Oysha Toirova
2. Mavluda Movlonova
3. Xadichabonu Abdullayeva
3. Dilorom Najimova
-75 kg:
1. Aziza Zokirova
2. Aziza Usmonova
3. Madinabonu Salohiddinova
3. Shahzoda Utaqulova
-81 kg:
1. Sohiba Ro‘zmetova
2. Mashhura Soliboyeva
3. Diyora Farmonqulova
3. Nazira Xurramova
+81 kg:
1. Oltinoy Sotimboyeva
2. Diyoraxon Abdumannobova
3. Madina Normatova
3. Zarafshon Xojambergenova
[gallery-21463]
Chempionatning erkaklar o‘rtasidagi final janglari davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, Muhammad Amin (surat), O‘zA