Farg‘onada “Jasorat maktabi” yoshlar yig‘ini yakunlandi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berilganidek, Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda viloyatning turli hududlaridan muqim ish joyiga ega bo‘lmagan hamda ichki ishlar nazoratida turgan yoshlar uchun “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini boshlangan edi.
Loyihani yuqori saviyada o‘tkazish hamda samaradorligini oshirish maqsadida yig‘in ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, har bir guruhga malakali ofitser va serjantlar biriktirilib, belgilangan reja asosida mashg‘ulotlar hamda turli tadbirlar o‘tkazildi.
[gallery-10620]
10 kun davom etgan mazkur tadbirda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasb-hunarli qilish qolaversa, harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ko‘plab mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
“Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostidagi yoshlar yig‘inining tantanali yopilish marosimida harbiy qism komandiri, harbiy prokuratura xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga harbiy qism komandirining esdalik sovg‘alari hamda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining sertifikatlari topshirildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA