Farg‘onada jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Farg‘ona garnizonida rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Ta’kidlash joizki, mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho beriladi.
Mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq jangovar texnikalarning shahar atrofida harakatlari kuzatiladi. Sinovlar okrug qo‘mondoni boshchiligida Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlari ishtirokida kuzatib borilmoqda.
Mashg‘ulot davomida garnizon shaxsiy tarkibi zirhli texnikalar kolonnasi dala-o‘quv maydoni tomon yo‘l oldi. Ayni paytda, So‘x garnizonida ham jangovar o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda.




M. Sulaymonov, O‘zA