Farg‘onada «Hokim kubogi» turnirining chorak finalchilari ma’lum
Farg‘ona viloyatida har yili mavsum oldi tayyorgarligi sifatida an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan «Viloyat hokimi kubogi» musobaqasining guruh o‘yinlari nihoyasiga yetdi.
23 yanvardan 2 fevralga qadar damov etadigan musobaqada 16ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. Bu galgi musobaqada xorijdan – qo‘shi Qirg‘iziston respublikasining «Nur Batken» jamoasi ishtirok etayotganligini inobatga olganda turnir xalqaro maqomini oldi. Turnirda shuningdek, Superliganing «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912», «Andijon», «Turon», Pro-liganing «Neftchi», «Buxoro», «Istiqlol» kabi jamoalarining qatnashishi ham uning nufuzini oshirdi.
Qur’aga ko‘ra jamoalar guruhlardan quyidagicha joy olishdi:
«A» guruhi: «Neftchi» (Farg‘ona), «Nur Batken» (Qirg‘iziston), «Andijon yoshlari» (Andijon), «Paxtakor-79» (Uychi)
«V» guruhi: «Turon» (Yaypan), «Istiqlol» (Farg‘ona), «O‘zTongXongKo» (Andijon), «Navbahor-2» (Namangan)
«S» guruhi: «Bunyodkor» (Toshkent), «Turon-2» (Yaypan), «Neftchi-2» (Farg‘ona), «Navbahor-farm» (Namangan)
«D» guruhi: «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon), «Buxoro» (Buxoro), «G‘ijduvon» (G‘ijduvon), «Andijon» (Andijon).
Guruhlarda qayd etilgan natijalar:
1-tur.
23 yanvar
«Nur Batken» – «Andijon-2» - 2:0
«Neftchi» – «Paxtakor-79» - 4:0
«Turon» – «Navbahor-2» - 4:1
«Istiqlol» – «O‘zTongXongKo» - 3:2
24 yanvar
«Bunyodkor» – «Navbahor-farm» – 0:0
«Turon-2» – «Neftchi-2» – 0:2
«Buxoro» – «G‘ijduvon» – 3:0
«Qo‘qon-1912» – «Andijon» – 3:1
2-tur.
25 yanvar
«Paxtakor-79» – «Andijon-2» - 2:0
«Neftchi» – «Nur Batken» - 3:0
«Navbahor-2» – «O‘zTongXongKo» - 3:1
«Turon» – «Istiqlol» - 0:2
26 yanvar
«Navbahor-farm» – «Neftchi-2» - 2:2
«Bunyodkor» – «Turon-2» - 3:2
«Andijon» – «G‘ijduvon» - 4:5
«Qo‘qon-1912» – «Buxoro» – 0:0
3-tur.
27 yanvar
«Nur Batken» – «Paxtakor-79» - 1:1
«Andijon-2» – «Neftchi» - 1:5
«Istiqlol» – «Navbahor-2» - 1:0
«O‘zTongXongKo» – «Turon» - 0:1
28 yanvar
«Turon-2» – «Navbahor-farm» - 1:2
«Neftchi-2» – «Bunyodkor» - 0:1
28 yanvar
«Buxoro» – «Andijon» - 2:0
«G‘ijduvon» – «Qo‘qon-1912»- 0:3
Shu tariqa «A» guruhidan «Neftchi» va «Nur Batken», «V» guruhidan «Istiqlol» va «Turon», «S» guruhidan «Bunyodkor» va «Navbahor-farm», «D» guruhidan esa «Qo‘qon-1912» va “«Buxoro» jamoalari navbatdagi bosqichga yo‘llanma olishdi.
Ertaga musobaqaning chorak final o‘yinlari. Unda maydonga tushadigan jamoalar:
«Neftchi» – «Navbahor-farm»
«Bunyodkor» – «Nur Batken»
«Istiqlol»- «Buxoro»
«Qo‘qon-1912»- «Turon»
1 fevralda yarim final, 2 fevralda 3-o‘rin uchun va final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.