Farg‘onada endokrin kasalliklari mavzusida seminar o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida «Endokrinologik yordamning samarali hamda zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklar va ularning asoratlari profilaktikasini takomillashtirish, aholiga yuqori malakali endokrinologiya yordamini ko‘rsatish sifatini hamda ushbu yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish» mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Feruza Haydarova olib bordi. Shahar va tuman tibbiyot muassasalaridan kelgan 50 nafarga yaqin endokrinolog shifokor qatnashgan seminarda mashg‘ulotlar, taqdimotlar, savol-javoblar o‘tkazildi.
Seminarda tizimning birlamchi bo‘g‘inida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni erta aniqlash va boshqarish dasturlarini amaliyotga joriy etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish, shuningdek, tor soha mutaxassislari faoliyatiga endokrin kasalliklarni tashxislash, asoratlarining oldini olish kabi ma’ruzalari tinglandi.
[gallery-5987]
Muqimjon QODIROV (surat) O‘zA