Farg‘ona o‘g‘lonlari muddatli harbiy xizmatga kuzatildi
FOTOREPORTAJ
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yigitlik burchini o‘tash uchun tengdoshlari orasidan saralangan o‘g‘lonlar Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarga muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun tantanali kuzatildi.
Tantanali marosimda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov, Farg‘ona viloyat hokimligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi vakillari, faxriylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Saf maydoniga davlat bayrog‘i olib kirilgach, davlat madhiyasi barchaning jo‘rligida ijro etildi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va sharafli burchni bajarishga shay turgan o‘g‘lonlarga bukilmas iroda, so‘nmas matonat va kuch-g‘ayrat tilashdi.
[gallery-16763]
Tadbir davomida Vatan himoyachilariga viloyat hokimligi va okrug qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA