Faol va tashabbuskor yoshlar bir safda
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatida har yil iyunda Yoshlar oyligini mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. “Bu yil ham “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan oylik doirasida tuman va shaharlarda jami 400 dan oshiq tadbir va loyihalarga 700 mingdan ziyod o‘g‘il-qizni qamrab olish rejalashtirilgan,” - deydi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Nazira Ubaydullayeva.
Oylik doirasida “Sektor rahbarlari kubogi” uchun shaxmat, shashka, futbol, voleybol, kibersport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi, vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar, taniqli san’atkor va sportchilar bilan uchrashuvlar, galakonsertlar bo‘lib o‘tmoqda. Bandligi ta’minlanmagan yoshlar, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Ta’lim va kasb” ko‘rgazmalari, yirik ishlash chiqarish korxonalariga “Biznes sayohatlar” uyushtirilib, ishga talabgorlarga doimiy daromad manbai topishi uchun ko‘maklashilmoqda. Hududlarda sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif-muammolarini yaqindan o‘rganayotir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish maqsadida “Mehr karvoni” loyihasi orqali xonadonlarda kirib borilmoqda.
[gallery-17907]
Viloyatda uyushqoqlik bilan davom etayotgan Yoshlar oyligi navqiron, shijoatli, yurtparvar yigit-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslariga zamin yaratmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA