Faol pedagoglar taqdirlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari, fidoyi pedagoglarni "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ustoz pedagoglarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi hamda mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Darhaqiqat, bolalikdan ezgu orzu-niyatlarimiz ijobatida o‘qituvchilarning, mehridaryo ustozlarimizning xizmatlari beqiyosdir. Davlatimiz rahbari tomonidan pedagog kadrlar mehnatini e’zozlash, ularni ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratiyadan, faoliyati doirasiga kirmaydigan turli yumushlardan ozod etish, ijtimoiy muhofazalash, mehnatlarini qadrlash borasida ko‘plab amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

Bu esa o‘qituvchilarni o‘z kasbiga sidqidildan, katta mas’uliyat bilan yondashishga da’vat etmoqda.

Tadbirda ta’lim sohasidagi islohotlar xususida atroflicha so‘z yuritildi. Pedagoglar ko‘rsatilayotgan mehr va e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
N.Usmonova, O‘zA