Faol ma’naviyat targ‘ibotchilari taqdirlandi
Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida samarqandlik 8 nafar ma’naviyat targ‘ibotchisi "Ma’naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishonini topshirish marosimida viloyat hokimligi mas’ullari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbarlari ishtirok etib, taqdirlanganlarni tabrikladi. Ma’naviyat nafaqat jamiyat rivoji, balki davlat taraqqiyoti yo‘lida muhim omil hisoblanishi, xususan, u turizm va xalqaro anjumanlar markaziga aylanayotgan Samarqandning yuzi ekanligi ta’kidlandi.

Ma’naviyat targ‘ibotida faol ishtirok etayotganlar mehnati e’tirof etildi.


--2016 yilda "Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi" respublika tanlovining g‘olibi bo‘lgan edim,--deydi mehnat faxriysi Farog‘at Shokirova.-- Ulug‘ bayram arafasida yana bir bor taqdirlanganimdan xursandman. Bu yutuq xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida mehnat qilayotgan barcha samarqandliklarga tegishli, deb o‘ylayman.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari