Fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv kerakmi?
Sirdaryoda matematika va tabiiy ilmiy savodxonlikni oshirishda PISA xalqaro baholash dasturi talablarini qo‘llash masalasiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryoda matematika va tabiiy ilmiy savodxonlikni oshirishda PISA xalqaro baholash dasturi talablarini qo‘llash masalasiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir 2021 yilda Xalqaro tadqiqotlar tadbirida mamlakatimiz vakillarini munosib ishtirokini ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilim ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Seminar davomida fizika hamda matematika fanlarining o‘qitish muammolari, viloyatda ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar bo‘yicha fikr almashildi. Guliston shahridagi 12-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quvchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishildi.
Ishtirokchilar mazkur maktabda tashkil etilgan fizika va matematika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq darslarda ishtirok etib, o‘tilgan darslar tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.