Fanlar bo‘yicha viloyat bilimdonlari taqdirlandi
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida joriy yil noyabr oyida respublika fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur olimpiadaning quyi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9-11 sinflarning 1 ming 555 nafar iqtidorli o‘quvchisi 8 ta fan kesimida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 72 nafar o‘quvchi g‘olib deb topilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligi 30 yilligi bayrami arafasida fanlar olimpiadalari viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. Tadbirda so‘z olgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Gulhayo Omonova va boshqalar tomonidan mamlakatimizda yosh avlodni bilimli, barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi. Yoshlarning bilim, mahorat va iste’dodini yuzaga chiqarishda fanlar olimpiadasi muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
[gallery-9877]
G‘oliblar tegishli diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA