Fan olimpiadasi boshlandi (+video)
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 58-sonli umumta’lim maktabida birinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichiga start berildi. Mazkur viloyat bosqichi matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika kabi fanlar bo‘yicha 15 ta fandan tashkil qilinib, 4 dekabrgacha davom etadi.
Bilimlar sinovida tuman bosqichida g‘olib chiqqan umumta’lim maktablari, akademik litsey va ixtisoslashtirilgan maktablarda 9-,10-11-sinflarda o‘qiyotgan jami 2 ming 222 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash joizki, amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning uchinchi muhim bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar birinchi o‘rin uchun Bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari, ikkinchi o‘rin uchun to‘rt baravari, uchinchi o‘rin uchun esa uch baravari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
– Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan asosiy fan olimpiadasi test va yozma shaklda intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda, – deydi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Isayev. – Olimpiada birinchi o‘rinni egallaydigan 45 nafar o‘quvchimiz hal qiluvchi respublika bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c2AMOu72bF8" title="Fan olimpiadasi boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Oqilxon Dadaboyev, O‘zA