Falcon-9 orbitaga 60 ta mini yo‘ldoshini olib chiqdi
Ikki bosqichli raketa Florida shtatining Kanaveralidagi kosmodromidan uchirildi.
Avval xabar berilganidek, SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon-9 eltuvchi-raketa juma kuni ertalab orbitaga Starlink loyihasining internet trafigining global tarmog‘ini yaratish uchun 60 ta mini yo‘ldoshini olib chiqdi. Ularning hammasi internetga ulandi. Bu haqda SpaceX kompaniyasining tvitterida Ilon Mask ma’lum qildi.
Ikki bosqichli raketa Florida shtatining Kanaveralidagi kosmodromidan uchirildi.
Falcon-9ning birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga qo‘ndirildi. Ikkinchi bosqich ham muvaffaqiyatli ajraldi. Parvoz namoyishi YouTubedagi SpaceXning kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatildi.
Raketa uchirilishi ikki marta kechiktirilgan edi. Avvaliga parvoz 16 mayga belgilangan edi, ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli keyinga qoldirildi, ikkinchi marta esa jihozlarni qayta tekshirish maqsadida kechiktirildi.
2015 yildan beri ishlab kelayotgan Starlink loyihasi sayyoramizning har qanday burchagida internetga ishonchli yuqori tezlikda kirishni ta’minlaydi. Yo‘ldoshni ikkita sinov parvozi 2018 yilning fevralida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Bir necha yil davomida Ilon Mask koinotga shu kabi bir necha mingta fazoviy apparatni olib chiqishni rejalashtirgan. Bu loyihani hayotga tatbiq etish maqsadida ajratilgan investitsiya mablag‘lari 10 milliard dollar deya baholanmoqda.