Ezgulikka yo‘g‘rilgan amallar
Yakunlanayotgan Ramazon oyi davomida barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham ibodat amallari ado etilib, keng ko‘lamli ezgu tadbirlar va mehr-saxovat ishlari amalga oshirildi.
Viloyatdagi 106 jome masjidining deyarli barchasida taroveh namozlari, 60 ga yaqin masjidda xatmi Qur’onlar o‘qildi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi ma’lumotiga ko‘ra, tizimdagi barcha imom-xatib va noib-imomlar boshchiligida homiylarni jalb qilgan holda xayr-saxovatlar qilindi. Jumladan, ehtiyojmandlar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironi bor oilalar, yolg‘iz qariyalar, beva-bechoralar va kam ta’minlangan oilalarga jami 331 mingdan ziyod oilaga 73325000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, naqd pul va boshqa turdagi mahsulotlar xayriya qilindi.
[gallery-2387]
“Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda xonadonlarga Ramazon quvonchini olib kirish maqsadida Turkiyaning “TICA” tashkiloti hamkorligida 400 ta xonadonga jami oziq-ovqat mahsulotlari solingan qutilar tarqatdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA