Etni tirnoqdan ajratib bo‘lmaydi
Qoraqalog‘istonda yuzaga kelgan vaziyat butun respublikamiz aholisini qayg‘uga soldi.
Men o‘zim ham ona, ham buvi sifatida qoraqalpoqlik opa-singillarimizning ahvolini ich-ichimdan his qilib turibman. Men Qoraqalpog‘iston Respublikasiga har gal borganimda qoraqalpoq elining mehmondo‘stligi, ochiq yuz bilan kutib olishi va u yerda olib borilayotgan islohotlarga iliq munosabatda ekanligini ko‘rib juda quvonaman.
Qoraqolpoq eli dono, oliyjanob. Men aminmanki, barcha tushunmovchiliklar va muammoli masalalar o‘z yechimini topadi. Asrlar osha davom etayotgan do‘stlik, og‘a-inichilik, opa-singillik rishtalari abadiy bo‘lib qoladi. Biz onalar, ayollar tinchlik tarafdorimiz!
Chetda turib turli yovuz niyatini amalga oshirish evaziga O‘zbekiston yaxlitligini ko‘ra olmayotganlar, qoraqalpoq elida notinchliklar, turli ko‘ngilsizliklarni yuzaga keltirmoqchi bo‘lgan separatistlar o‘z maqsadlariga erisha olmaydi.
Dono xalqimizning bir naqli bor: "Etni tirnoqdan ajratib bo‘lmaydi".
Malika Qodirxonova,
Oliy Majlis Senatining
Xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari qo‘mitasi raisi
O‘zA