E’tibordan chetda qolgan qadimiy maqbara
Buxoro shahri Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini Uchqun ko‘chasi hududida joylashgan Pushtai G‘aribon maqbarasi XVI asrga oid me’moriy yodgorliklardan.
Ushbu qadimiy maqbara davlat muhofazasiga olingan bo‘lsa-da, bugunga kelib afsuski, qarovsiz holga kelib qolgan. Maqbara atrofi betartib, maydonning ichki qismidagi xonalar nurab, g‘arib holga kelib qolgan.
Maqbaraga tutash maydonda azaldan tepaliklar mavjud bo‘lib, xalq orasida ushbu tepaliklar ostida qabrlar bor, degan taxminlar yuradi. Hozirda ushbu tepalikning ayrim joylari o‘ydim-chuqur bo‘lib qolgan. Boisi, kimlardir o‘z ehtiyoji yo‘lida ushbu muqaddas qadamjo tuprog‘idan olib chiqib ketgan.
[gallery-691]
Ushbu masala haqida mutasaddilarning fikri qanday? Nahotki ular tarixiy maskanni asrab qolish, uni obod qilish, qadim me’morchilik an’analari mujassam yodgorlikni kelgusi avlodlarga yetkazish haqida uylab ko‘rmagan bo‘lsa?
Tohir ISTATOV(surat), O‘zA