Ertak kitoblarga ishlangan illyustratsiyalar ko‘rgazmasi
Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining an’anaviy “Grafika: ishtiyoq va mahorat” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada 15 nafar talabaning 40 dan ortiq ofort, tempera, linogravyura, akvarel uslubida ertak kitoblarga ishlangan illyustratsiyalari namoyish qilindi.


Qariyb 10 yildan beri o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazma yildan yilga san’at ixlosmandlarining e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.
Ko‘rgazma mehmonlari ayniqsa, talabalar Sarvarxo‘ja Azizxo‘jayev, Zahro Davronova, Odinaxon Ma’murjonova, Umida Hamidova, Marvarid Ahmatova, Bibixonim Sharipova, Anna Ovchinnikova, Nafisa Ro‘zmamatova, Sherzod Ismoilov, Husnibonu Sobirova, Akbarali Ochilov, Isroil Islomov, Farangiz Utkurbekova, Kseniya Nebogina hamda Damir Ishanovning yaratgan asarlariga qiziqish bildirdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA