Eronda yuk samolyoti qulab tushdi
Eronda bortida toʻqqiz nafar ekipaji boʻlgan deya taxmin qilinayotgan “Boeing 707” yuk samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar tarqatdi.
Eronda bortida toʻqqiz nafar ekipaji boʻlgan deya taxmin qilinayotgan “Boeing 707” yuk samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar tarqatdi.Hodisa gʻarbiy Tehrondagi Fath aeroportiga yaqin joyda sodir boʻlgan.
“Bizda hozircha halokatning tafsilotlari haqida aniq maʼlumot yoʻq “, - dedi Eron Favqulodda xizmati rahbari Pir Husseyn Kolivand.
Ayrim Eron ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bortda oʻn kishi boʻlgan va hech qaysi tirik qolmagan.
Eronning “Payam Air“ kompaniyasiga tegishli boʻlgan ushbu samolyot Qirgʻizistonning “Manas“ aeroportidan Tehronga borayotgan paytida qulab tushgan, deya xabar beradi “Manas“ aeroportining matbuot kotibi. Ammo Eron OAV lari samolyotni Qirgʻizistonga tegishli ekani haqida aytib oʻtgan.
Voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.