Eron Suriyadan poligon sifatida foydalanmoqda
Germaniyadagi Diye Welt nashrining Yevroittifoq maxsus xizmatlari maʼlumotiga tayanib bergan xabariga koʻra, Eron tajriba-sinovlar miqdorini oshirib, oʻz raketa dasturi miqyosini kengaytirmoqda.
Germaniyadagi Diye Welt nashrining Yevroittifoq maxsus xizmatlari maʼlumotiga tayanib bergan xabariga koʻra, Eron tajriba-sinovlar miqdorini oshirib, oʻz raketa dasturi miqyosini kengaytirmoqda.
Yevropa maxsus xizmatlari maʼlumotiga koʻra, Eron raketalar uchirishni ikki baravariga koʻpaytirib, ularning jangovar holatini tekshirishda Suriyadan poligon sifatida foydalanmoqda. Aniqlanishicha, Eron oʻrta masofaga yetti va qisqa masofaga beshta ballistik raketa uchirgan. Maʼlumot uchun, mazkur mamlakat 2017 yilda oʻrta va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalardan jami boʻlib beshtasini sinovdan oʻtkazgan.