Eron sunʼiy yoʻldoshni ishga tushirdi
Eron, Qoʻshma Shtatlar tanqidlariga qaramay, sunʼiy yoʻldoshlaridan birini ishga tushirdi. Biroq, rasmiylarning aytishicha, ushbu sunʼiy yoʻldosh orbitagacha yetib bora olmagan.
Eron, Qoʻshma Shtatlar tanqidlariga qaramay, sunʼiy yoʻldoshlaridan birini ishga tushirdi. Biroq, rasmiylarning aytishicha, ushbu sunʼiy yoʻldosh orbitagacha yetib bora olmagan.“Payam sunʼiy yoʻldoshi Basir sunʼiy yoʻldosh tashuvchisi bilan muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Afsuski, sunʼiy yoʻldoshni soʻnggi bosqichda orbitaga joylashtirib boʻlmadi “, - dedi Telekommunikatsiya vaziri Muhammad Javad Azari Jahromi Eron davlat televideniyesiga bergan intervyusida.
Payam sunʼiy yoʻldoshini koʻtargan raketa birinchi va ikkinchi bosqichlarini muvaffaqiyatli topshirgan, ammo keyinchalik “zarur tezlik“ ga erisha olmadi.
Eron ikkita sunʼiy yoʻldosh, Payam va Doostiʼni orbitaga joʻnatishni rejalashtirgan edi. Payam – fors tilida “xabar“, Doosti “doʻstlik“ degan maʼnoni anglatadi.
“Payamning muvaffaqiyatsizligi Doosti uchun qanday taʼsir qilishi aniq emas, “Doosti orbitani kutmoqda“ , deb yozgan Jahromi "Twitter"dagi sahifasida.