Eron o‘z ixtiyori bilan voz kechmasa, Italiya JCh-2026 ga bormaydi
Italiya terma jamoasi jahon chempionatidagi bo‘sh o‘ringa faqatgina eronliklar AQSHga borishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirdagina da’vo qilishi mumkin. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri FIFA dagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Xalqaro federatsiya Eron terma jamoasiga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llash niyatida emasligini qat’iy bildirdi (xuddi AQSH yoki Isroil terma jamoalariga nisbatan bo‘lgani kabi — bu masalada Federatsiya o‘zini mutlaqo siyosatdan xoli tutmoqda). Demak, italiyaliklar faqatgina Eronning turnirda ishtirok etishdan o‘z xohishi bilan voz kechishidan umid qilishlari mumkin.
Biroq, Eron tomoni prinsipial jihatdan bunday qilmoqchi emas. Ko‘rinishidan, ular AQSHga borishni o‘z nufuzi masalasi deb hisoblashmoqda. Bu esa italiyaliklarning jahon chempionatiga borish imkoniyatlari nolga yaqin ekanligini anglatadi.